Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dok-1 Maks» ishi bo‘yicha Samarqand sog‘liqni saqlash boshqarmasining sobiq boshlig‘i hibsga olindi

«Dok-1 Maks» ishi bo‘yicha Samarqand sog‘liqni saqlash boshqarmasining sobiq boshlig‘i hibsga olindi

«Dok-1 Max» siropidan bolalar o‘limi bo‘yicha sud majlisida sudya Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining sobiq boshlig‘i qamoqqa olinganini ma’lum qildi.

Daryo nashri yozishicha, bu haqda «Dok-1 Maks» ishi bo‘yicha Toshkent shahrida ko‘rilayotgan sud ishida sudya Muso Yusupov sudlanuvchilardan birining so‘roviga javoban ma’lum qildi. Avvalroq, ushbu ayblanuvchi sirop haqida jamoatchilikni xabardor qilgan samarqandlik shifokorlar va viloyat SSB boshlig‘ini sudga chaqirib, ularning ko‘rsatmasini olish bo‘yicha iltimosnoma kiritgandi.

«Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘iga nisbatan bu bo‘yicha qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Qo‘shimcha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda», — deya ta’kidladi sudya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring