Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim turdagi soliq imtiyozlari bekor qilinmoqda

Ayrim turdagi soliq imtiyozlari bekor qilinmoqda

2023-yil 1-apreldan ayrim turdagi soliq imtiyozlari bekor qilinmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining «Fuqarolar uchun budjet – 2023» nashrida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, quyidagi:

  • QQS bo‘yicha faoliyatni moliyalashtirish manbasidan qat’iy nazar teng raqobat sharoitlarni yaratish maqsadida budjet mablag‘lari hisobidan har yillik mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari doirasida ko‘rsatiladigan geologiya xizmatlari;
  • QQS dan pochta markalarini, markali otkritkalarni, konvertlarni realizatsiya aylanmalari;
  • soliq to‘lovchilarning ish haqi va boshqa daromadlarining hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash uchun yo‘naltiriladigan qismi bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
  • ustav fondida (ustav kapitalida) xorijiy investitsiya ulushi kamida o‘ttiz uch foiz bo‘lgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan mol-mulk bo‘yicha bojxona boji imtiyozlari yuqorida ko‘rsatilgan muddatdan bekor qilinadi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring