Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angrenda 3 ta yuk mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Angrenda 3 ta yuk mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Bugun, 27 avgust kuni Angren shahar hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A-373 avtomobil yo‘lining 183 kilometrida 3 ta yuk mashinasi va 1 ta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, bugun soat taxminan 03:30 larda Toshkent viloyati Angren shahar hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A-373 avtomobil yo‘lining 183 kilometrida haydovchi 1985 yilda tug‘ilgan Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi J.J. «Shacman» rusumli yuk avtotransport vositasini boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib kelayotgan haydovchi 1995 yilda tug‘ilgan Namangan viloyatida yashovchi M. O‘. boshqaruvidagi «Cobalt» va 1989 yilda tug‘ilgan Farg‘ona viloyatida yashovchi T.S. boshqaruvidagi «VOLKSWAGEN CRAFTER» rusumli yuk avtomashinalari bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Shundan so‘ng ushbu yuk avtomobili yo‘l chetida harakatsiz turgan «MAN» rusumli yuk avtomobiliga urilib to‘xtagan.

Ushbu YTH natijada 2 nafar haydovchi va bir nafar yo‘lovchilar tan jarohati olib, Angren shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Angren shahar IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring