Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda tarbiyachi bog‘cha bolalarini urgani yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Andijonda tarbiyachi bog‘cha bolalarini urgani yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Joriy yilning 1 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «MuhammadYusuf bolajonlari» bog‘chasidagi tarbiyachilarni kim oladi» sarlavhasi ostidagi video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holat Marhamat tumanidagi «MuhammadYusuf bolajonlari» Nodavlat tashkilotida sodir bo‘lgan. Videoda tarbiyachi bir nechta bolalarni esnab o‘tirganlikda ayblab, ularning boshiga urib chiqqan.

«Mazkur holat darhaqiqat Andijon viloyati Marhamat tumanidagi «MuhammadYusuf bolajonlari» Nodavlat ta’lim tashkilotida sodir bo‘lib, ushbu holatga yo‘l qo‘ygan ta’lim tashkiloti tarbiyachisi egallab turgan lavozimidan ozod etildi», – deyiladi rasmiy munosabatda.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lib, ta’lim tizimi imijiga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi holatni yuzaga keltirgani uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyatiga belgilangan tartibda intizomiy chora qo‘llanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring