An’anaga aylanayotgan kitob yarmarkasi
Bugun, 16-mart kuni «Unicon.uz» binosida «Hilol-nashr» matbaa-nashriyoti bilan hamkorlikda kitob yarmarkasi o‘tkazildi. Maqsad – «Unicon.uz» xodimlarining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, nutq madaniyatini o‘stirish va mutolaani targ‘ib qilishdir.
Yarmarkada «Hilol-nashr» matbaa-nashriyotining so‘nggi besh yilda nashr qilingan kitoblari xodimlar uchun chegirmali narxlarda sotildi. E’tiborlisi, «Unicon.uz» xodimlari tomonidan diniy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy va bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblar katta qiziqish bilan xarid qilindi.
– Kitob yarmarkasini o‘tkazish korxonamizda odat tusiga kirib boryapti, – deydi «Unicon.uz» xodimi Habiba Rasulova. – Joriy yilning 22-28-fevral kunlari «Sharq ziyokori» nashriyoti va kitob markazi vakillari bilan ham kitob yarmarkasi tashkil etilgan edi. Korxonamizda kitob o‘qimaydigan xodimning o‘zi yo‘q. Nashriyot xodimlarining qo‘li-qo‘li tegmayotganidan ham buni bilish mumkin. Yarmarkadagi narxlar ham chegirmali. Xodimlar faqat o‘zi uchun emas, oila a’zolari, bolalar uchun ham adabiyotlar xarid qilishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter