Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Advokatlar palatasiga rais caylandi

Advokatlar palatasiga rais caylandi

Adliya vaziri kiritgan taqdimnomaga binoan, 2023-yilning 18-noyabr kunidagi Advokatlar palatasining IV Konferensiyasida Palatasi raisi etib – Sodiqov Shuhrat Shavkatovich caylandi.

Shuhrat Sodiqov bunga qadar Advokatlar palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

U 1962-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, 1988-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan ma’lumoti oliy, huquqshunos. U o‘z mehnat faoliyatini turli xil tashkilotlarda huquqshunos, advokatlik tuzilmalarida advokat, Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati, Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining Sud-huquq masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring