Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 9 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan konduktor 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda 9 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan konduktor 5 sutkaga qamaldi

Illyustrativ foto

Foto: «Darakchi.uz»

U voyaga yetmagan yo‘lovchi qizga shilqimlik qilgani aytilmoqda.

22-noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida fuqaro A.X.ga nisbatan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda «UzNews» nashri.

Aniqlanishicha, huquqbuzar A.X. 3-noyabr kuni soat 11:30 atrofida o‘zi konduktori bo‘lib ishlaydigan 115-sonli avtobusda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 2014 yilda tug‘ilgan S.J.ning yoniga o‘tirib, qo‘lidan ushlagan va shahvoniy harakatlar sodir etgan.

Jabrlanuvchining qonuniy vakili sudda ko‘rsatma berib, erkak voyaga yetmagan qizdan o‘zini o‘pishni so‘raganini aytgan. Bu so‘zlardan qo‘rqib ketgan qiz navbatdagi bekatda tushib qolgan.

Sud majlisida huquqbuzar aybiga iqror bo‘lib, sodir etgan qilmishidan pushaymon ekanligini bildirgan hamda suddan yengillik jazo berishini so‘ragan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi A.X.ga MJtKning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring