Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

6 oy ichida Toshkent viloyatida qidiruvda bo‘lgan 344 nafar jinoyatchi tutib keltirilgan

6 oy ichida Toshkent viloyatida qidiruvda bo‘lgan 344 nafar jinoyatchi tutib keltirilgan

Joriy yilning o‘tgan 6 oyi mobaynida Toshkent viloyati IIBB xodimlari tomonidan, jinoyat sodir etgani va boshqa holatlar yuzasidan 344 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlanib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Xususan, Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, 2002-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 1975-yilda tug‘ilgan X.Sh. (Angren shahrida yashagan) Qozog‘iston Respublikasi huquq tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda ushlanib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan.

Shu kabi, yana bir holatda JKning 97-moddasi 2-qismi va 164-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, 2015-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 1983-yilda tug‘ilgan R.P. (O‘rtachirchiq tumani IIB tomonidan qidiruvga berilgan) Rossiya federatsiyasi huquq tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda ushlanib, ekstraditsiya qilingan.

IIBB ma’lumotiga ko‘ra, qidiruvdagi shaxslarning asosiy qismi firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxslar hisoblanadi.

Bundan tashqari, o‘tgan 6 oyda turli sabablarga ko‘ra bedarak yo‘qolgan 23 nafar shaxs viloyat IIO xodimlari tomonidan aniqlanib, yashash manzillariga qaytarilishi ta’minlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring