Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Troya» filmining rejissyori vafot etdi

«Troya» filmining rejissyori vafot etdi

Germaniyalik rejissyor Volfgang Petersen 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Deadline» xabar berdi.

Petersen «Suvosti kemasi» «Troya», «Cheksiz hikoya», «Prezident samolyoti», «Epidemiya», «Poseydon kemasi» singari filmlari bilan mashhur.

Volfgang Petersen faoliyatini vatani Germaniyada boshlagan. «Suvosti kemasi» (1981) filmini suratga olganidan so‘ng Gollivudga ko‘chib o‘tgan. «Suvosti kemasi» olti yo‘nalishda (rejissyorlik, ssenariy, kamera, montaj, ovoz, ovoz montaji) «Oskar» mukofotiga taqdim etilgan va Petersenga shon-shuhrat keltirgandi. Shundan so‘ng rejissyor yozuvchi Mixael Endening romani asosida «Cheksiz hikoya»ni kinoekranlarga olib chiqqan.

Uning kinodagi so‘nggi ishi — «To‘rtovlon bankka qarshi» 2016-yilda suratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring