«Quda taraf» tazyiqi bilan taqiqlangan film ekranga qaytmoqda
Taniqli yozuvchi Murod Muhammad Do‘st «Feysbuk»dagi sahifasida bir necha yil ilgari taqiqlangan filmi efirga berilishiga ruxsat etilgani haqida ma’lum qildi.
«Zamon o‘zgarayotgani rost shekilli, bugun «O‘zbekkkino»ga taklif qilib, 2014 yilda «quda taraf»ning tazyiqi bilan bekitib qo‘yilgan «Okaxon» degan filmimizni namoyish etishga ruxsat berishdi», — deb yozadi yozuvchi.
Murod Muhammad Do‘st «quda taraf» deya aynan qaysi tashkilotga ishora bergani ma’lum emas. Ayrim manbalarga ko‘ra, sobiq Milliy xavfsizlik xizmati «quda tomon» yoki «quda taraf» deb atalgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter