Qashqadaryoda «Bir kunlik to‘y» filmi namoyish etildi
Qashqadaryo viloyatida madaniy ma’rifiy hamda ko‘ngilochar tadbirlar davom etmoqda.
Kecha viloyatning Muborak tumanida Agentlik buyurtmasiga binoan rejissyor Shohrux Rasulov tomonidan suratga olingan «Bir kunlik to‘y» komediyasi namoyish etildi.
Namoyish avvalida kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Akrom Aripov, hokim o‘rinbosari Farid Bazarov, Agentlik matbuot kotibi Barno O‘ngboyeva, kinoijodkorlar Akrom Shahnazarov, Xurshid To‘xtayev, Samidxon Lutfullayev, Begzod Tojiyev va boshqalar ishtirok etishdi.
Oldinda, Kinematografiya agentligi tomonidan ko‘plab tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, kinokastinglar, insholar tanlovining tuman va respublika bosqichlari hamda kinopremeralar bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter