Qashqadaryoda arxeologik yodgorlikni buzib tashlagan fuqarolar qattiq jazolandi
Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqarolar tomonidan 2022 yil avgust oyida «Darxon» MFY hududida joylashgan «Kunjutlitepa» arxeologiya yodgorligini buzib tashlangan. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Madaniy meros agentligi viloyat boshqarmasi mas’ullari tomonidan buzishni to‘xtatish haqidagi ogohlantirishlarga qaramay, fuqarolar yodgorlik hududidagi balandligi 4 metr, eni 22 metr bo‘lgan tepalik tuprog‘ini surib tashlashgan. Natijada madaniy meros ob’yekti qayta tiklanmaydigan darajaga kelib qolgan.
Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, ishni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudi ko‘rib chiqdi. Hal qiluvchi qarorga ko‘ra, fuqaro A.O. ga JKning 28, 132-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni qilganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 3 yil 6 oyga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Uning sherigi fuqaro R.O. O‘zbekiston Respublikasi JKning 132-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni qilganlikda aybli deb topilgan. Fuqarolar R.O. va A.O.ga sherikchilik tartibida yetkazilgan 47 mlrd. 520 mln. so‘mlik zararni undirish belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter