«Mona Liza»ga nima bo‘lyapti?
Buyuk italyan rassomi Leonardo da Vinchining «Mona Liza» (yoki «Jokonda») asari shu darajada mo‘rtlashib qolganki, uni hatto Luvr tashqarisiga ham olib chiqish mumkinmas. Bu haqda «REGNUM» xabar berdi.
Leonardo da Vinchi «Mona Liza» («Jokonda»)ni 1503—1506-yillarda chizgan.
Muzey xodimlari Vensen Deleven hamda Lui Frankning aytishicha, asar anchagina mo‘rtlashib qolgan, surat yuzasi bo‘ylab o‘tgan yoriq Jokondaning peshonasigacha yetib borgan.
«Asarni joyidan qo‘zg‘atish aslo mumkinmas, istalgan tebranishlar, iqlim o‘zgarishlari salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Eng yomoni, uni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirgan payti qoq ikkiga bo‘linib ketishi mumkin», — deyishgan mutaxassislar.
Ana shu holatlarni inobatga olib, Luvr mutasaddilari «Jokonda»ning boshqa joylarda namoyish qilinishini istashmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter