«Mona Liza»ga hujum uyushtirildi
Parijdagi Luvr muzeyida saqlanayotgan «Mona Liza» asariga tort uloqtirildi. Ortidan esa atirgullar...
Darhol yetib kelgan muzey xavfsizlik xizmati xodimlari bezorini — keksa ayol qiyofasiga kirib olgan nogironlar aravachasidagi erkakni qo‘lga olishdi. Asarga ziyon yetmadi.
Jahondagi eng mashhur surat — «Mona Liza» ko‘p hodisalarni boshdan o‘tkazgan. Necha martalab o‘g‘irlashga urinilgan, zarar yetkazishmoqchi bo‘lishgan va h.o.
1950-yillarda bir erkak asarga oltingugurt kislotasi sepib zarar yetkazishga uringan.
1956-yili boliviyalik Ugo Ungaza Vilegas asarga tosh otib, Jokondoning qo‘l qismidagi bo‘yoq qismiga zarar yetkazgan. O‘shandan beri Leonardo da Vinchining bebaho asari o‘q o‘tmas oyna bilan himoyalab kelinadi.
1974-yil aprelida Tokiodagi ko‘rgazmaga olib borilgan «Mona Liza»ga bir ayol ballonchada qizil bo‘yoq sepishga uringan.
2009-yilda rossiyalik ayol suratga choy sepmoqchi bo‘lgan.
Eng yomoni ancha avval, 1911-yilda sodir etilgan: asarni o‘g‘irlab ketishgan va salkam uch yillik qidiruvlardan so‘ng topilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter