Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Jamol Nosirov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Ilgari Madaniyat va sport ishlari vaziri lavozimida faoliyat yuritgan, shuningdek bugungi kunda Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritib kelayotgan Ahmedov Bahodir Majidovich Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

B.Ahmedov shu kungacha vazirlikning tuman bo‘limida badiiy rahbar, tuman bo‘limi mudiri, Toshkent shahar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i, vazir o‘rinbosari, shuningdek, Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Ayni paytda Chim ustida xokkey federatsiyasi rahbari ham hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Baxodir Axmedov 1973-yilda tug‘ilgan bo‘lib, 1996-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini, 2007-yilda esa Prezident qoshidagi Davlat boshqaruv akademiyasini bitirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring