Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madaniy meros obyektlarini buzganlarga jazo kuchaytirilmoqda

Madaniy meros obyektlarini buzganlarga jazo kuchaytirilmoqda

Gazeta.uz

Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilganlik, buzganlik yoki ularga shikast yetkazganlik, nafaqat ko‘p miqdorda zarar yetkazgan huquqbuzarlikni qasddan sodir etganlik, balki ko‘p va ancha miqdorda zarar yetkazgan huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik tufayli sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

Senatorlar «Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni ko‘rib chiqishgan.

Bundan tashqari:

  • madaniy meros ko‘chmas mulk ob’yektlarining qo‘riqlanadigan tegralarida,;
  • alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda;
  • o‘zining tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros ob’yektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurganlik yoki buzganlik;
  • shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etganlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda.

Shuningdek, Soliq kodeksi yangi normalar bilan to‘ldirilmoqda. Unga ko‘ra, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari tegishli ravishda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ko‘zlab qilingan da’volar hamda berilgan arizalar yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda, da’volar va arizalar bo‘yicha iqtisodiy hamda ma’muriy sudlarda davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullangan.

Bu o‘zgartishlar kiritilayotgani bejiz emas. Yaqinda YuNESKO Shahrisabz va Samarqand shaharlarini umumjahon merosi ro‘yxatidan chiqarishiga bir bahya qolgandi. Bunga sabab sifatida u shaharlardagi buzilishlar ko‘rsatilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring