Yana bir arxeologiya ob’yektiga zarar yetkazayotgan shaxslar to‘xtatib qolindi
Madaniy meros agentligi tomonidan yana bir arxeologiya ob’yektiga zarar yetkazayotgan shaxslar to‘xtatib qolindi. Samarqand viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari davomida Jomboy tumanida joylashgan «Nomsiztepa» arxeologik yodgorligiga zarar yetkazish holati aniqlandi.
Ushbu yodgorlik Vazirlar Mahkamasining «Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori bilan davlat himoyasiga olingan. O‘rganish natijasida arxeologik yodgorlikning g‘arbiy tomonidan uzunligi 120 metr, eniga 1,5 metr va balandligi 1 metr umumiy hajmi 180 metr kub tuproq tekislanib olingani aniqlandi.
Hududiy boshqarma tomonidan tuproq qazib olish jarayoni to‘xtatildi va javobgarlarga nisbatan ogohlantirish berildi. Arxeologiya ob’yektiga yetkazilgan zarar miqdori 4.3 mlrd. so‘m etib belgilandi va holatga huquqiy baho berish uchun hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.
Ko‘rilgan chora yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter