Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yong‘indan so‘ng. «Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi» romani yaxshi sotilmoqda

Yong‘indan so‘ng. «Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi» romani yaxshi sotilmoqda

Foto: «Thehundredbooks.com»

Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugoning «Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi» tarixiy romani yaqinda ro‘y bergan yong‘indan so‘ng «Amazon» internet-saytida eng ko‘p sotilayotgan o‘nta kitob qatoriga kirdi.

Asarning bir nashri 3-o‘rinni, boshqa bir nashri esa 8-o‘rinni egalladi. Bundan tashqari, internet foydalanuvchilari orasida Parij bo‘ylab yo‘lko‘rsatkichlarga ham qiziqish oshib ketdi, deb xabar berdi «BFM TV» telekanali.

Fransiya ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Parijda 2015-yil 13-noyabrda ro‘y bergan teraktlardan so‘ng onlayn-do‘konlarda Ernest Hemingueyning «Har doim yoningdagi bayram» asari yaxshi sotilgan ekan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring