Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon vafot etdi

O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon vafot etdi

11-aprel kuni O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi  xabar berdi. 

Anvar Obidjon O‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, hajviy adabiyot an’analarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirib kelayotgan adib edi. U 1947- yil 8-yanvarda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.

«Ona yer», «Ey, Yorug‘ dunyo», «Olovjon va uning do‘stlari», «Bezgakshamol», «Akang qarag‘ay Gulmat», «Masxaraboz bola", «Juda qiziq voqea», «Yerliklar», «Meshpolvonning janglari», «Alamazon va Gulmat hangomasi", «Ajoyibxona», «Oltiariq hangomalari», «Odobli bo‘lish osonmi?», «Tanlangan she’rlar», «O‘g‘irlangan pahlavon», «Bahromning hikoyasi» kabi doston, qissalar, she’rlar, pesalar va hajviy asarlardan iborat to‘plamlar muallifidir. Uning «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi», «Topsang hay-hay», «Qorinbotir», «To‘tiqul» kabi asarlari mamlakatimiz teatrlarida sahnalashtirilgan.

Adib 1997-yilda «Shuhrat» medali, 2011-yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring