Qozog‘iston haftalik o‘lim holatlari haqidagi ma’lumotni chop etdi
Qozog‘istonda 30-iyundan 6-iyulgacha koronavirus tufayli 76 ta o‘lim holati qayd etildi, umumiy COVID-19 qurbonlari soni 264 nafarga yetdi, deya xabar berdi respublika sog‘liqni saqlash vazirligi.
29-iyun holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi tufayli 188 ta o‘lim qayd etilgandi. O‘shanda sog‘liqni vaqlash vazirligi rahbariyati COVID-19 tufayli o‘lim holatlari haqidagi xabarlarni har hafta chop etishini ma’lum qilgandi.
«Qozog‘istonda 2020-yil 30-iyundan 6-iyulgacha koronavirus infeksiyasi tufayli 76 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Respublika bo‘yicha jami 264 ta o‘lim holati qayd etildi», — deyiladi sog‘liqni vaqlash vazirligi xabarida.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 11,3 milliondan ortiq kishi kasallikka chalingan bo‘lsa, ulardan 532 ming nafari hayotdan ko‘z yumdi.
Qozog‘istonda 48 ming kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, ulardan 16,1 ming nafari tuzaldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter