Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uxlasak — uxlaydi, o‘lsak — o‘ladi: siyosatchi koronavirusga qarshi kurashishning eng oson usulini taklif etdi

Uxlasak — uxlaydi, o‘lsak — o‘ladi: siyosatchi koronavirusga qarshi kurashishning eng oson usulini taklif etdi

Foto: «Dhakatribune.com»

Pokistonning «Jamaat-i-Islami» partiyasi raisi Fazal-ur-Rahmon koronavirusga qarshi ko‘p uxlash yordamida kurashish kerakligini aytdi. Bu haqda «The Indian Express» xabar berdi.

«Biz qancha ko‘p uxlasak, virus ham shuncha ko‘p uxlaydi. Bu bizni zararlanishdan asraydi. Uxlaganimizda — u ham uxlaydi, o‘lganimizda — u ham o‘ladi», — deya uning so‘zlari keltirilgan nashrda. O‘ta o‘ngchilar vakilining ta’kidlashicha, bu ma’lumotni unga shifokor aytgan.

Rahmonning so‘zlari internet foydalanuvchilari orasida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ba’zilar hazlga yo‘ysa, ba’zilar jiddiy qabul qilishdi. Shu tariqa, karantin o‘rniga barcha fuqarolar uchun uxlash tartibini joriy etish taklif etildi.

16-iyun holatiga ko‘ra, Pokistonda jami 149 ming kishi koronavirusga chalingan, 2,8 ming kishi COVID-19 tufayli vafot etgan, 56 ming kishi esa tuzalgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring