Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmaniston koronavirusga qarshi vaksina sinovini boshladi

Turkmaniston koronavirusga qarshi vaksina sinovini boshladi

Foto: «Starsity.ru»

Koronavirus bilan kasallanish holati rasman qayd etilmagan Turkmanistonda Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini sinovdan o‘tkazish boshlandi, deya xabar berdi juma kuni Turkmaniston televideniyasi.

Bu haqda Turkmaniston tibbiyot sanoati sog‘liqni saqlash vaziri Nurmuhammad Amannepesov hukumat yig‘ilishida aytib o‘tdi.

«Sog‘liqni saqlash vaziri o‘z ma’ruzasida Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Turkmanistonda ro‘yxatdan o‘tgan «Sputnik V» vaksinasi haqida to‘xtaldi. Qayd etilishicha, hozirda vaksinani sinash ishlari boshlangan», — deyiladi xabarda.

Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov vazirning hisobotini tinglagach, yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni davom ettirish muhimligini ta’kidladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmanistonda koronavirus holati qayd etilmagan. Shunga qaramay, mamlakatda niqob tartibi va boshqa cheklovlar joriy etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring