Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmaniston koronavirus tufayli barcha xalqaro aviareyslarni yana bir oyga bekor qildi

Turkmaniston koronavirus tufayli barcha xalqaro aviareyslarni yana bir oyga bekor qildi

Foto: «RIA Novosti»

Turkmaniston havo yo‘llari koronavirus pandemiyasi tufayli barcha xalqaro aviareyslarning bekor qilinishini 20-iyulgacha uzaytirdi, deya xabar berdi aviakompaniya rasmiy sayti.

«COVID-19 koronavirus pandemiyasi sababli barcha xalqaro aviareyslarning bekor qilinishi 2020-yil 20- iyulgacha uzaytirildi», — deyiladi saytda.

Shunga ko‘ra Ashxobod bilan Istanbul, Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Minsk, Olmaota, Frankfurt-Mayn, Birmingem, Amritsar, Dehli, Dubay, Abu-Dabi, Pekin, Bangkok orasidagi reyslar bekor qilindi.

Aviakompaniya bekor qilingan reyslardagi yo‘lovchilarga «pulni qaytarib olish uchun ariza rasmiylashtirish yoki parvozlar tiklanishini kutish va keyingi qulay reyslar uchun chiptalarni qaytadan bronlash» taklif etildi.

Bundan avval Turkmaniston havo yo‘llari barcha xalqaro aviareyslarni 20-iyungacha bekor qilgani to‘g‘risida xabar bergandik.

Hukumat rasmiylarining ma’lum qilishicha, Turkmanistonda yangi tipdagi koronavirus holati qayd etilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring