Toshkentda koronavirusdan tuzalganlar soni ortdi

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 6 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 3 nafar, jami 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘aydi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan tuzalganlarning 2 nafari (73 yoshli hamda 40 yoshli ayollar) Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari (29 yoshli erkak) esa Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bo‘lib, Qozog‘iston Respublikasidan yurtimizga kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan.
Toshkent shahrida shu paytga qadar 459 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 468 nafarga yetdi.
Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1556 nafarga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter