Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahri Sirg‘ali tumanida yashovchi 62 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Toshkent shahri Sirg‘ali tumanida yashovchi 62 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Foto: «Yandex.ru»

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabariga ko‘ra, Toshkent shahri Sirg‘ali tumanida yashovchi 62 yoshli N.A.da (ayol) joriy yil 8-iyul kuni «COVID-19» tasdiqlangan va shahar 1-son klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Kasallik o‘tkir nafas hamda yurak-qon tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kabi hamroh xastaliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi mobaynida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring