Sodiq Safoyev: «Shunday qaltis vaziyatda to‘y o‘tkazish qahramonlik emas, balki jinoyatdir»
Bugun, 23-mart kuni Xalqaro press-klub COVID-19ga qarshi butun dunyoda olib borilayotgan kurash tahliliga bag‘ishlangan sessiya tashkil qilindi. Unda Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev qatnashdi.
Sodiq Safoyev chiqishidan iqtiboslar:
- Mana shunday ofatlar jamiyat o‘z izmidan chiqqanda, ya’ni urshlar, ziddiyat, o‘zaro kelishmovchiliklar avjiga chiqqanda eshigimizni qoqadi. Bu esa aslida xabar. Hushyorlikka chaqiruv.
- Insoniyat xavf ostida, biz o‘tkinchi ziddiyatlardan o‘zimizni chegaralay olishimiz kerak.
- Urushlar va shu singari epidemiyalar insonlarning eng yaxshi va eng jirkanch fazilatlarini namoyon qiladi.
- Tekshirish, kuzatish, izolyasiya va to‘g‘ri xabar berish, ushbu muammodan chiqishimiz uchun juda muhim.
- Shunday qaltis vaziyatda to‘ylarni o‘tkazish bu qahramonlik emas, balki jinoyatdir. Hozir soxta qahramonlik qiladigan vaqt emas.
- O‘zbek xalqi o‘z mehribonligi, bag‘rikengligi bilan hech bir boshqa millatdan kam emas.
- Inqiroz davrida eng xavfli narsa – sarosimaga tushishdir. Bu juda katta xatolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter