Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SEOMlarda talon-torojliklar «epidemiyasi» Andijonda ham kuzatildi

SEOMlarda talon-torojliklar «epidemiyasi» Andijonda ham kuzatildi

Foto: «Xabar.uz»

Ayrim Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari mansabdorlari tomonidan budjet mablag‘larini o‘marish kuzatilayotgani, bu hol hozirgi pandemiya sharoitida salkam «epidemiya»ga aylanayotgani karrasiga og‘riqlidir.

Shunday holat Andijonda ham kuzatildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari «T.D.F» MChJ bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, 326,4 mln so‘m bo‘lgan «gipoxlorid kalsiy 65%» dezinfeksiyalovchi vositasini 485,7 mln. so‘mga, ya’ni o‘rtacha bozor narxidan 159,3 mln. so‘m qimmatiga sotib olgani aniqlangan.

«Dod» devorging keladi, rosti! Mazkur holat ham kasallanish bo‘yicha Andijon viloyatidagi ko‘rsatgichlar «baraka» kiritayotgandek, go‘yo.

Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan — bu aniq.  Zarar ham qoplanadi — gap yo‘q. Biroq ayni jarayonda  boy berilayotgan vaqt va imoniyatlar-chi? Buning tovonini qoplash mumkinmi o‘zi?!

Gap shunda!

Andijondagi pandemiya bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha balanparvoz bayonotlar berayotgan Shuhrat Qo‘shaqboyevichga (viloyat hokimi) salomlar bo‘lsin!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring