
SEOMlarda talon-torojliklar «epidemiyasi» Andijonda ham kuzatildi
Ayrim Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari mansabdorlari tomonidan budjet mablag‘larini o‘marish kuzatilayotgani, bu hol hozirgi pandemiya sharoitida salkam «epidemiya»ga aylanayotgani karrasiga og‘riqlidir.

Pandemiyada SEOMchilarga «xudo berdi»mi?
Bugun qator ijtimoiy saytlarda Qashqadaryo viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdorlari tomonidan mavjud mablag‘larni maqsadsiz sarflash va dizenfeksiya vositasi haqiqiy bahosidan qimmat narxlarda sotib olishi ortidan 917,8 mln. so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilishganligiga oid xabarlar tarqaldi.