Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Rutan» yangi preparat emas. Uning koronavirusga qarshi ta’siri hali o‘rganilishi kerak

«Rutan» yangi preparat emas. Uning koronavirusga qarshi ta’siri hali o‘rganilishi kerak

Kecha qator ommaviy axborot vositalarida «Rutan» preparati haqida ma’lumot berildi. Ta’kidlash joiz, bu yangi dori vositasi emas, o‘zbekistonlik olimlar tomonidan 2015 yilda ishlab chiqarilgan. Uning koronavirusga ta’siri hali o‘rganilishi kerak. Lekin gripp viruslarining turli shtammlariga qarshi samarasi isbotlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu preparat haqida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Fan va ta’limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Aziz Do‘smatov 04.02.2020 yilda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ham qisman so‘zlab bergandi:

«Rutan preparati interferon aktivlovchi universal dori vositasidir. U olimlarimiz tomonidan ishlab chiqarilgan va organizmning immunitetini oshirish orqali grippga qarshi kurashadi», – degan A. Do‘smatov.

O‘zR FA Bioorganik kimyo instituti tomonidan yaratilgan «Rutan» preparatini «China-Uzbekistan medicine technical park» XK MChJ ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida joriy yilning 23 aprel sanasida litsenzion shartnoma rasmiylashtirilgan bo‘lib, Xitoydagi ilmiy institut O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan preparatning virusga qarshi samarasini yuqori baholagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring