O‘zbekiston koronavirusga qarshi dori ishlab chiqarishni boshladi
![O‘zbekiston koronavirusga qarshi dori ishlab chiqarishni boshladi](https://static.xabaruz.com/crop/2/0/720_460_95_202998686.jpg)
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan «Nobel Pharmsanoat» kompaniyasi «Kovipir» nomi ostida favipiravir faol moddasi asosida dori vositasini ishlab chiqarish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini boshladi.
Ushbu dori vositasining patenti Yaponiyaning «Toyama Chemical» kompaniyasiga tegishli hisoblanadi. RNK saqlovchi virus (gripp, rinovirus, nafas olish tizimi viruslari va boshqa)larga qarshi keng ta’sir doirasiga ega ushbu dori vositasini koronavirusga qarshi ijobiy tasiri isbotlangan bo‘lib, 2020 yil fevral oyidan boshlab Yaponiyada koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda qo‘llanila boshlangan.
Shu oyning o‘zidayoq Xitoyning «Zhejiang Hisun Pharmaceutical» kompaniyasi uni «Favilavir» savdo nomi ostida ishlab chiqarishni boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter