O‘qituvchilar koronavirusga qarshi kurashda shifokorlarga yordamga keldi

Yurtimizda koronavirusga qarshi kurash uchun 1003 qisqa raqamga ega chaqiruv markazini ishga tushirilgan. Mazkur raqam orqali fuqarolarimiz qo‘ng‘iroq qilib, koronavirus infeksiyasi, o‘z salomatligi va yaqinlarining ahvoli bilan bog‘liq savollarga javob va tavsiyalar olmoqda.
Ushbu jarayonda Nizomiy nomidagi TDPU professor-o‘qituvchilari koronavirus oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni to‘g‘ri baholab, targ‘ibot va tashviqot ishlarida faol ishtirok etmoqda. Jumladan, professor-o‘qituvchilardan ixtiyoriy tashkil topgan ko‘ngilli 12 ta katta guruhlar tuzilib, ular pandemiyaga qarshi kurashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan Qo‘ng‘iroqlar markazi (Call centre - 1003)da 3 smenada, kunu-tun 24 soat uzluksiz fuqarolarning savollariga javob bermoqda.
Ushbu markazda koronavirus (Covid-19) bo‘yicha 1003, 1105 raqamlari orqali fuqarolarning murojaatlariga xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda. Dastlabki kunlarda aholi koronavirus infeksiyasi, uning alomatlari va yuqishi, oldini olish choralari haqida so‘rab murojaat qilingan. Hozirda ommaviy axborot vositalari va onlayn nashrlarda keng tushuntirishlar berilgani sababli aholining xabardorligi ancha oshib, bu kabi savollar kamroq berilyapti. Endi ular asosan muayyan vaziyatga oid tavsiyalar so‘rashmoqda.
Xususan, professor-o‘qituvchilar koronavirus pandemiyasini oldini olishda eng avvalo fuqarolarimizning tibbiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha maslahatlar, kasallikka gumon qilinayotgan yoki kasallik alomatlari bo‘lgan bemorlarni tezroq tibbiy, psixologik yordam olishiga qaratilgan sa’y-harakatlarni amalga oshirishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter