Qirg‘iziston O‘zbekistonning emlanganlik sertifikatini tan oladi
Qirg‘iziston hukumati bilan emlanganlik sertifikatlari o‘zaro tan olindi. Bu haqda Sanepidxizmat matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati milliy darajada COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish borasida, shu jumladan, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirayotgan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni baholagan holda, tomonlar davlatlarining hududini COVID-19 infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishidan yuqori darajada himoya qilish yuzasidan ko‘rilayotgan qat’iy va keng ko‘lamdagi chora-tadbirlar muhimliligini ta’kidlab, quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldilar:
Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq, vakolatli organlar tomonidan berilgan COVID-19ga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlarni o‘zaro tan oladilar.
Ushbu kelishuv joriy yilning 26 martidan kuchga kirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter