O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining navbatdagi partiyasi keltirildi
Bugun tunda yurtimizga Rossiyadan «Sputnik V» vaksinasining 70 ming dozalik 1-komponenti, 20 ming dozalik 2-komponenti olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Aprel oyida ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent).
Shunday qilib, yurtimizdagi «Sputnik V» vaksinasi zaxirasi 370 ming dozaga yetdi.
Jami vaksina zaxirasi 7 million 530 ming dozani tashkil qilmoqda. Ulardan 660 ming dozasi AstraZeneca, 6,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter