O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasi ishlab chiqarila boshlandi
«Jurabek Laboratories» MChJ qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan «Sputnik V» vaksinasi 1- va 2- komponentlarining dastlabki 260 500 dozasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga topshirildi.
Bu yurtimizda tayyorlanayotgan ikkinchi vaksina bo‘lib, bundan avval ushbu korxonada jami 7 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning 1 458 820 dozasi emlash uchun topshiriligani haqida xabar berilgandi.
Shunday qilib, yurtimizga emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 28 473 528 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
- 594 480 dozasi AstraZeneca,
- 21 958 488 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
- 720 500 dozasi Sputnik V,
- 3 000 060 dozasi Moderna,
- 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.
Shundan 22 721 129 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan bo‘lib, 5 226 139 nafar aholi koronavirusga qarshi barcha bosqichlarda to‘liq emlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter