Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining navbatdagi partiyasi keltirildi

O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining navbatdagi partiyasi keltirildi

Foto: SSV matbuot xizmati

Bugun tunda yurtimizga Rossiyadan «Sputnik V» vaksinasining 70 ming dozalik 1-komponenti, 20 ming dozalik 2-komponenti olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi  xabar berdi. 

Aprel oyida ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent).

Shunday qilib, yurtimizdagi «Sputnik V»  vaksinasi zaxirasi 370 ming dozaga yetdi.

Jami vaksina zaxirasi 7 million 530 ming dozani tashkil qilmoqda. Ulardan 660 ming dozasi AstraZeneca, 6,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring