Nurmat Otabekov aholi qachon pullik, qachon bepul emlanishini aytdi
Koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi Nurmat Otabekov O‘zbekistonda aholida emlanish jarayoni pullik bo‘ladimi degan savolga javob berdi. Bu haqda «Zamon» teledasturiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, davlat tibbiyot birlashmalarida vaksina olish istagiga bo‘lgan aholining barchasi bepul emlanadi. Fuqarolar orasida navbat kutmagan holda ertaroq emlash qabul qilish istagini bildirgan uchun xizmat pullik bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, «hozirda epidemik ko‘rsatma asosida, aholi o‘rtasida koronavirus kasalligi bo‘yicha vaziyatni barqaror ushlash. Biz bor imkoniyatimiz bilan O‘zbekiston hududida kasallikka barham berishga harakat qilamiz. Hozirgi vaqtda barcha xarajatlar budjet hisobidan qoplanmoqda. Aholining xavf osti guruhiga mansub qismi kasallikka qarshi bepul emlanishi mantiqan to‘g‘ri deb hisoblayman», — deydi Otabekov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter