London hokimi o‘z maoshini 10 foizga qisqartirdi
London hokimi Sodiq Xon koronavirus pandemiyasi davrida shahar budjeti xarajatlarini kamaytirish uchun o‘z maoshini 10 foizga qisqartirdi hamda shahar ma’muriyatining yuqori lavozimdagi amaldorlar maoshini oshirishni to‘xtatdi, deya xabar berdi ITV telekanali.
London hokimining maoshi yiliga 152,734 ming funt sterlingni tashkil etadi.
London hokimining maoshi yiliga 152,734 ming funt sterlingni tashkil etadi. Shu tariqa, 2020-yilda Xan 15,3 ming funt sterling kam maosh oladigan bo‘ldi.
«COVID-19 Londonning pandemiya davrigacha ajoyib holatda bo‘lgan budjetiga halokatli ta’sir ko‘rsatdi. London transportini boshqaruvchi TfL kompaniyasi daromadi qariyb 90 foizga qisqargan, biznes va kommunal soliqlardan tushadigan daromad keskin kamaygan», — dedi Sodiq Xon.
Hokimning ta’kidlashicha, u qat’iy tejamkorlik tarafdori emas, biroq xarajatlar hozir kamaytirilmasa, shahar ma’muriyati politsiya, yong‘inni o‘chirish, shuningdek, boshqa muhim xizmatlar sonini keskin kamaytirishga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter