Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni yuqtirish bo‘yicha eng yuqori kunlik o‘sish qayd etildi — JSST

Koronavirusni yuqtirish bo‘yicha eng yuqori kunlik o‘sish qayd etildi — JSST

Foto: «Platon.asia»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni yuqtirish bo‘yicha eng yuqori kunlik ko‘rsatkich qayd etilganini ma’lum qildi. Co‘nggi 24 soatda 183 mingta yangi holat ro‘yxatga olingan.

Koronavirus bir sutkada eng ko‘p qayd etilgan: Braziliya — 54 771 holat, AQSh — 36 617, Hindiston — 15 400 holat.

Ekspertlar o‘sishni ko‘proq test olinayotgani yoki virus yuqishi yanada keng tarqayotgani kabi omillarga bog‘lashmoqda .

Yangi holatlarning uchdan ikki qismi Shimoliy va Janubiy Amerikaga to‘g‘ri kelmoqda.

Ayni paytga kelib, jahonda koronavirusni yuqtirish bo‘yicha jami holatlar soni 9 051 889 tani tashkil etmoqda. Virusning qit’alar bo‘yicha tarqashi quyidagi diagrammada.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring