Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST rahbari pandemiya yaqin orada tugashi mumkinligini aytdi

JSST rahbari pandemiya yaqin orada tugashi mumkinligini aytdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori  Tedros Adanom Gebreyesus 2022 yilda koronavirus pandemiyasiga barham berilishi mumkinligini aytdi.

Bu haqda u tashkilotning Jenevadagi shtab-kvartirasida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilgan.

«2022-yil pandemiya tugaydigan yil bo‘lishi kerak»,— dedi Gebreyesus.

Uning ta’kidlashicha, bunday natija kelasi yilning o‘rtalariga qadar dunyo aholisining 70 foizi koronavirusga qarshi emlangan taqdirdagina mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda virusning omikron shtammi dunyoda keng tarqalmoqda. Jumladan, pandemiyaning yirik o‘choqlaridan bo‘lgan AQShda ushbu shtammdan ilk bemor vafot etdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring