Hindiston bosh vaziri koronavirusga qarshi kurashda o‘z taklifini aytdi
Koronavirus pandemiyasi davrida butun dunyo yogaga har qachongidan ko‘ra ko‘proq ehtiyoj sezmoqda: u kasallikka chalingan odamlarning tuzalishiga yordam beradi, dedi Hindiston bosh vaziri Narendra Modi.
21-iyun — Xalqaro yoga kuni.
Koronavirusga qarshi kurashda pranayama nafas tizimi mashqlari, ayniqsa, samarali. U respirator tizimini mustahkamlaydi. Shuningdek, ko‘pgina asanalar ham immunitetni mustahkamlashga xizmat qiladi, deya Modining so‘zlarini keltirgan «The Times of India».
«Yoganing chegarasi yo‘q, u yosh, jins, irq, teri rangi, kelib chiqishi, din tanlamaydi, u barchaga tegishli», — dedi siyosatchi.
COVID-19 kasalligini keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-2 koronavirusi o‘tgan yili dekabr oyida tarqala boshlagan. Xitoyning Uxan shahri infeksiya o‘chog‘iga aylandi. Kasallik bir necha oy ichida dunyoning 210 ta davlatini qamrab oldi. 11-mart kuni JSST koronavirus pandemiyasini e’lon qildi.
Bugun, ya’ni 21-iyun holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 8,9 million kishida koronavirus qayd etildi. 466 ming nafar bemor vafot etdi, 4,7 million kishi tuzalgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter