Avstriya futbol jamoalari 5 kundan so‘ng mashg‘ulotlarni boshlashi mumkin
Avstriya futbol jamoalari koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtab qolgan mashg‘ulot jarayonlarini tiklashga hukumatdan ruxsat oldi, deya xabar berdi «RIA Novosti».
Ma’lum qilinishicha, jamoalar 20 apreldan mashg‘ulotlarga kirishishi va mavsum tiklanishiga hozirlik ko‘rishlari mumkin. Avstriya chempionati yaqin kunlarda tiklanishi ehtimoldan xoli emas. Faqat musobaqalar tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Futbolchilar esa o‘yin boshlanishidan 48 soat oldin koronavirusga test topshirishi shart.
Avstriya chempionati 8 mart kuni to‘xtatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter