AQSh koronavirusni davolashda qo‘llaniladigan dorining dunyodagi deyarli barcha zahiralarini sotib oldi
AQSh sog‘liqni saqlash vazirligi xarid qilgan preparatlar sentyabr oyigacha qariyb 500 mingdan ortiq COVID-19 ga qarshi davo muolajalarini o‘tkazish imkonini beradi.
AQSh COVID-19 ni davolashda ishlatiladigan remdesivir preparatining uch oyga yetadigan partiyasini oldindan sotib oldi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi press-relizida va AQSh ijtimoiy tarmoqlarida xabar berilgan.
«AQSh prezidenti Donald Tramp amerikaliklarni COVID-19 ning birinchi tasdiqlangan dorisi bilan ta’minlash uchun ajoyib bitimni imzoladi», — dedi AQSh sog‘liqni saqlash vaziri Aleks Azar.
Xabarda ta’kidlanishicha, vazirlik xarid qilgan preparatlar sentyabr oyigacha qariyb 500 mingdan ortiq davo muolajasini o‘tkazish imkonini beradi. AQSh iyul uchun ishlab chiqarilgan dorini 100% (94 200 ta davo muolajasi), avgust uchun ishlab chiqarilgan dorini 90% (174 900 ta davo muolajasi) va sentyabr uchun ishlab chiqarilgan dorini 90% (232 800 ta davo muolajasi) sotib olishga ulgurdi.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, preparat ulgurji narxda sotib olingan bo‘lib, bitta davo muolajasi taxminan $3200 ni tashkil etadi.
Remdesivir 25-iyundan Yevropa Ittifoqida koronavirus infeksiyasiga qarshi 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga qo‘llashga ruxsat berilgan birinchi dori vositasi hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter