Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«890 ta zaxira o‘rni bor» - Zoyir Mirzayev Qashqadardagi vaziyatni ochiqladi

«890 ta zaxira o‘rni bor» - Zoyir Mirzayev Qashqadardagi vaziyatni ochiqladi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Qashqadaryo hokimi Zoyir Mirzayevga ko‘ra, 20-iyulgacha Qashqadaryoda 8 700 ta zaxira o‘rinlar tayyor bo‘ladi. Bugungi kunda esa 890 ta zaxira o‘rni mavjud.

Mirzayev bu haqda viloyat ahliga murojaatida ta’kidlagan. 

Qashqadaryoda koronavirusga qarshi kurashda 5 280 nafar tibbiyot xodimi jalb qilingan.

 Qashqadaryodagi ishonch telefonlariga har kuni o‘rtacha 185 ta qo‘ng‘iroq bo‘lyapti va ulardan 40-42 tasi oziq-ovqat yoki dori-darmon so‘rovi bo‘yicha.

Ayni damda viloyatdagi «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasida 4,2 milliard so‘m pul bor va oxirgi bir kunda jamg‘armaga homiylar tomonidan 56 million so‘m pul tushgan.

Hozirda Qashqadaryoda kasallangan jami bemorlar 409 nafarga yetgan. Ulardan 322tasi sog‘aygan, ikkitasi vafot etgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring