14 kunlik karantindan keyin ham ayolda koronavirus aniqlandi
![14 kunlik karantindan keyin ham ayolda koronavirus aniqlandi](https://static.xabaruz.com/crop/3/2/720_460_95_3247722988.jpeg)
Ikki hafta izolyasiyada bo‘lgan Yaponiya fuqarosida koronavirus takroran aniqlandi, deya xabar berdi «NHK».
Ta’kidlanishicha, birinchi safar ayol 13-aprel kuni koronavirusga test topshirganida, natija musbat chiqqan. Kasallik alomatlari o‘tib ketgan, shundan so‘ng ayol ikki hafta uyidan chiqmay o‘tirgan.
Karantin tugagandan so‘ng ayolning ahvoli yomonlashgan, tana harorati ko‘tarilgan. Ayol qayta test topshirganida kasallikka qayta chalingani ma’lum bo‘ldi.
Xokkaydo tibbiy universiteti professori Yoko Sukamotoning ta’kidlashicha, mazkur holat karantin davomiyligi hamma uchun bir xil bo‘lmasligini, bemorning ahvoliga qarab uni uzaytirish zarurligini ko‘rsatib berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter