Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi mutlaq rekordchiga aylandi

Messi mutlaq rekordchiga aylandi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi gol+pas tizimi bo‘yicha jahon chempionatlari rekordini yangiladi.

35 yoshli futbolchi Xorvatiya darvozasiga bitta gol urdi hamda golli pas muallifiga aylandi. Shu tariqa, uning mundiallardagi gollari 11taga, golli uzatmalari soni esa 9taga yetdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha 20 ball to‘pladi.

Messi mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Miroslav Kloze (Germaniya, 16+3), Ronaldo (Braziliya, 15+4), Gerd Myuller (Germaniya, 14+5) va Pele (Braziliya, 12+7)ni ortda qoldirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring