Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi saudiyaliklar bilan shartnoma tuzdi (video)

Messi saudiyaliklar bilan shartnoma tuzdi (video)

Foto: Sayyar

Lionel Messi Saudiya Arabistonidagi Sayyar erkaklar kiyimlari brendi yuziga aylandi, deb xabar berdi Daily Sports.

Sayyar erkaklar uchun qimmatbaho buyumlari va kiyim-kechaklari bilan mashhur.

Shimoliy Amerikaning MLS ligasida «Inter Mayami» sharafini himoya qilayotgan Messi azaliy raqibi — Krishtianu Ronaldu bosh yulduz sanalgan Saudiya Arabistonida reklamada suratga tushdi.

Sayyar reklama roligida sakkiz karra oltin to‘p sohibi ushbu brend chiqargan arab milliy libosida ko‘rinish berdi. 

Messining ustidagi oppoq uzun ko‘ylakning nomini ba’zi arablar dishdasha, ayrimlari gandura deyishadi.

Bosh kiyimi — g‘utra oq yoki qizg‘ish bezakli oq rangda bo‘ladi. G‘utrani boshda tutib turuvchi iqol qalin arqon ko‘rinishida bo‘lib, aytishlaricha, beduinlar kechalari tuyalarini bog‘lab qo‘yish uchun ishlatgan arqonga borib taqaladi, tong otgach uni yechib, boshlariga tang‘ib olishgan.

Amirliklar fuqarolari chiroyli ko‘rinish uchun ko‘pincha iqolni ikkita ingicha bog‘ich bilan bezashadi. G‘utralar arablarni quyosh nurlaridan, qum bo‘ronlari va sovuqlardan asragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring