Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya-Marokash: razvedka hammani ogohlantirdi

Fransiya-Marokash: razvedka hammani ogohlantirdi

Foto: «Interfaks»

Bugun tunda (soat 23:59 da boshlanadi) Qatardagi jahon chempionati yarimfinalida Fransiya va Marokash terma jamoalari to‘qnashadi.

Fransiya razvedkasi (SCRT) esa boshqa bir to‘qnashuvdan ogohlantirdi. Yarimfinaldan so‘ng, uning natijasidan qat’i nazar, mamlakatda zo‘ravonliklar kuchayib, futbol fanatlari va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuzaga kelishi kutilmoqda. Bu haqda BFMTV telekanali xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, kechagi yarimfinalda Argentina Xorvatiyani 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘llanma olgandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring