Marokash dunyodagi eng katta stadionni quradi

Kasablanka yaqinidagi Al-Mansuriya shahrida dunyodagi eng yirik stadion quriladi. Arena tribunalari 115 ming nafar muxlisga mo‘ljallangan, deb yozdi Vesti.
Stadion 2028-yilda foydalanishga topshiriladi va 2030-yilgi jahon chempionatining asosiy arenalaridan biriga aylanadi. Eslatib o‘tamiz, Marokash ushbu JCh mezbonlaridan biridir.Qur
Al-Mansuriyadagi bu stadionni qurishga 450 million yevro sarflanadi, qizig‘i, shaharchada yashovchilar soni stadion sig‘imidan 9 baravar kam — 13 ming kishi.

Bir paytlar jahonning eng yirik stadioni o‘sha mashhur «Marakana» (Rio-de-Janeyro, Braziliya) edi: 200 ming tomoshabinni sig‘dirgan! Keyinchalik ko‘p sonli qayta ta’mirlashlardan so‘ng afsonaviy stadion sig‘imi 78 mingga tushib qoldi. Ayni paytda jahonning eng katta stadioni KXDR poytaxti Pxenyandagi «1 May» arenasi sanaladi: 114 ming tomoshabin sig‘adi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter