Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevro-2020. Daniya – Uels o‘yinida yirik hisob qayd etildi

Yevro-2020. Daniya –  Uels o‘yinida yirik hisob qayd etildi

Foto: UEFA.com

Yevro-2020 turnirida dastlabki chorak finalchi nomi aniq bo‘ldi.

1/8 finalda Daniya terma jamoasi Uels darvozasiga javobsiz 4 gol urdi. Dolberg dubl qayd etgan bo‘lsa, Mele va Breytueyt bittadan gol kiritishdi.

Yevro-2020. 1/8 final

Uels – Daniya 0:4

Gollar: 0:1 – 27 Dolberg, 0:2 – 48 Dolberg, 0:3 – 89 Mele, 0:4 – 90+4 Breytueyt.

Uels – Uord, Rodon, Devis, Mifem, Roberts (Uilyams, 41), Morrell (Uilson, 60), Allen, Jeyms (Bruks, 78), Remzi, Beyl, Mur (Roberts, 78).

Daniya – Shmeyxel, Larsen (Boylesen, 77), Ker (Andersen, 77), Kristensen, Mele, Dileyni (Yensen, 60), Xeyberg, Damsgor (Nergor, 60), Vestergor, Dolberg (Kornelius, 70), Breytueyt.

Ogohlantirishlar: Rodon (26), Mur (40), Bruks (80).

Chetlatish: Harri Uilson, 90.

Endi Daniya termasi chorak finalda Niderlandiya – Chexiya o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring