Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirov kurakda turmaydigan taklif bilan chiqdi

Ramzan Qodirov kurakda turmaydigan taklif bilan chiqdi

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Estoniya parlamenti tomonidan muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilinishiga javob berish zarurligini aytdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozgan.

«Rossiyaning chet eldagi aktivlari barcha rossiyaliklarning boyligidir! Shu sababli, mamlakatimizni ochiqdan-ochiq talon-taroj qilish uchun bunday qarorlar qabul qilinadigan nuqtalar raketa zarbasi uchun birinchi raqamli nishonga aylanishi kerak deb hisoblayman», deb yozadi Checheniston rahbari.

Qodirov, shuningdek, «bir nechta kuchli zarbalar estoniyaliklarning o‘ziga kelishiga sabab bo‘lishiga» ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 15-may kuni Estoniya parlamenti Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Estoniya bu jarayonni qonuniylashtirayotgan birinchi davlatga aylandi. 

Bungacha Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya Federatsiyasi G‘arbdagi muzlatilgan aktivlarga bo‘lgan har qanday tajovuzni gibrid urush va eskalatsiya elementi sifatida ko‘rishini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring